14 Mart kuni Toshkent shahridagi "MEI" milliy tadqiqot universiteti Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialida umumxalq xayriya hashari yuqori kayfiyat va hamjihatlik ruhida o‘tkazilmoqda. Hashar davomida filial professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, ta’lim maskani hududini obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqdalar. Hudud tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirilmoqda, daraxtlar oqlanib, atrof-muhit yanada fayzli va ozoda holatga keltirilmoqda. Umumxalq xayriya hashari – birlik, hamjihatlik va ezgu an’analarimizning yorqin ifodasidir. Bunday tadbirlar talaba-yoshlar qalbida ekologik madaniyatni shakllantirish, ona tabiatga mehr va e’tibor ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi. Birgalikda amalga oshirilayotgan har bir ezgu ish – yurtimiz ravnaqi va kelajagimiz sari muhim qadamdir! Hasharda faol ishtirok etayotgan barcha ustozlar, xodimlar va talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.