Filial Talabalari haqida
Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali tomonidan muntazam ravishda turli xil tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi — universitet xodimlari va talabalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini foydali va mazmunli tashkil etishdir. Tadbirlar doirasida ilmiy seminarlar, ijodiy uchrashuvlar, madaniy kechalar, sport musobaqalari va turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi tashabbuslar orqali Filial o‘z talabalari va jamoasining har tomonlama yetuk va faol shaxslar bo‘lib shakllanishiga ko‘maklashmoqda. Shuningdek, bunday tadbirlar talabalar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, o‘z salohiyatini namoyon qilish imkonini yaratish, shuningdek, jamoada hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Talabalarning yutuqlari
Tuxvatulina Diana Rafaelevna
Toshkent shahridagi Rossiya Milliy Tadqiqot Universiteti "MEI" filiali — "Elektr energetikasi" fakulteti, "Iqtisodiyot" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan 3-kurs talabasi Islom Karimov nomli nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo'ldi.
Bu yutuq bejiz erishilmagan — talaba o'z o'qish davri mobaynida nafaqat akademik ko'rsatkichlarida yuqori natijalarni saqlab keldi, balki ilmiy-amaliy faoliyati, ijtimoiy va tashkiliy ishtirokda ham o'zini ajralib turgan talaba sifatida namoyon etdi. Uning sa'y-harakatlari, intizomi va bilimlarga bo'lgan chanqoqligi bugun filialdagi barcha o'qituvchi-professor va talabalar jamoasiga namuna bo'lmoqda. bu stipendiya — O'zbekistonda eng nufuzli …
Batafsil →