Mamatqulov Alisher Yaxshiboyevich

Ta'lim sifatini ta'minlash bo'limi boshlig'i

Telefon: +998 90 097 58 10

Dushanba-Juma, 9:00-17:00

Email: None

Ta'lim sfatini nazorat qlish bo'limining vazifalari

-Bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Inspeksiya boshlig‘i va OTM rektori (Ijrochi direktori) buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish; -bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish; -ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish; -OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish; -OTM talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish; -ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash; -kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish; -OTMni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM rektoriga hamda Inspeksiyaga taqdim etish; -ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish; -ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish; -OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akdemik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish; -OTM professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va hulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish; -ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish; -OTMda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish; -inspeksiyaning topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish; -attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda OTMda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish; -bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish; -OTM reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish; -OTM tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish; -o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish; -OTM Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish; -bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Inspeksiyaga va OTM rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish; -ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish. -o‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq); -ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.