Karimov Ulugbek Raximdjanovich
Xodimlar bo’limi inspektori
Telefon: +998909522969
Dushanba-Juma, 14:00-17:00
Email: Kadr_MEI@mail.ru
Kadirlar bo‘limi
Xodimlar bo’limi faoliyati:
Toshkent shahridagi “MEI” filiali xodimlar bo`limi filialning tarkibiy bo`limlaridan biri hisoblanadi.
Bo`lim O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, Filial ijrochi direktori buyruqlari, farmoyishlari hamda filial Nizomi, yo`riqnomalari va tegishli ko`rsatmalari asosida faoliyat olib boradi.
Xodimlar bo`limi filialda mehnat qilayotgan professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi va moliya-xo`jalik xodimlarining filial ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo`riqnomalari va o`rnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi.
Xodimlar bo’limi filial ijrochi direktori topshirig`i va ko`rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo`riqnoma asosida ish olib boradi.
Xodimlar bo`limining vazifalari:
Professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlarini ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozim va shtat birliklarini o`zgartirish, mehnat ta`tili berish hamda muddatidan avval ishga chaqirib olish, o`z hisobidan ta`til, tanlov asosida ishga qabul qilish, attestatsiyadan o`tish muddatlarini aniqlash, belgilashni nazorat etish;
Ishga qabul qilingan har bir xodim o`rtasidagi mehnat shartnomalari tuzishni nazorat qilish hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash;
Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va va undan foydalanish borasida takliflar berish;
Filial ijrochi direktoriga professor-o`qituvchilar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ta`lim berish sifatini yaxshilash hamda ularning qo`nimsizligining oldini olish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish;
Kadrlar masalasi bo`yicha yuqori tashkilotlar bilan aloqada bo`lish;
Vazirlik va tegishli tashkilotlarga filial professor-o`qituvchi va xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya qilish ishlarini tashkil qilish;
Professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlariga guvohnomalar tayyorlab berish va guvohnomalar muddatini uzaytirilishini nazorat qilish, professor-o`qituvchilar imzolarini tasdiqlash, ma`lumotnomalar berish;
Mehnat daftarchalarini yuritish, ularni hisobini to`g`ri olib borish va mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki tugagan xodimga o`z vaqtida topshirish;
Professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib borish;
Professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlarning shahsiy yig`ma jildini, shahsiy varaqasini (T-2 shakl), shaxsiy ma`lumotnomasini (ob`ektivka) shakllantirish, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish;
Filial shtat jadvalini moliya-iqtisodiyot bo`limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish va shtat jadvaliga asosan ish olib borish;
Nafaqa yoshidagi professor-o`qituvchi hamda xodimlarni aniqlash, hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ro`yxatga olish;
Xar oyning boshida tuman bandlikka ko`maklashish markaziga bo`sh ish o`rinlari to`g`risida ma`lumot taqdim etish;
Bo`limda saqlanayotgan xodimlarga oid barcha me`yoriy va shaxsiy hujjatlarni o`rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali filial arxiviga topshirish;
Bo`lim va xodimlar bilan ishlashda odob-ahloq va ichki-tartib qoidalariga, mehnat intizomi va muomala madaniyatiga rioya qilish.