Elektr energetikasi
Allayorov Alisher Nazar o’g’li
Lavozim : Elektr energetikasi fakultet dekani
Telefon: +998974232107
Qabul vaqti: Dushanba-Juma, 11:00-17:00
Email: mr_alisher9016@mail.ru
Elektr energetikasi fakultet haqida
Elektr energetikasi fakulteti Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” filialida 2023-yil energetika tarmog‘i uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashda o’quv jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Fakultetiga professor B.Egamberdiyev (2023-2024), PhD., B.Mamasoliyev (2024-2025), katta o’qituvchi A.Narmanov (2025-2026) va katta o’qituvchi A.Allayorov (2026 yildan h.v.) rahbarlik qilib kelishmoqda.
Bugungi kunda fakultetda:
13.03.01 – Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi,
13.03.02 – Elektr energetikasi va elektr texnikasi,
11.03.04 – Elektronika va nanoelektronika,
27.03.02 – Sifatni boshqarish,
27.03.04 – Texnik tizimlarda boshqarish,
38.03.01 – Iqtisodiyot,
38.03.02 – Menejment
ta’lim yo’nalishlarida 520 nafardan ortiq talabalar kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari asosida tahsil olib kelishmoqda.
Fakulteti tarkibida “Gidroenergetika va energetika” hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va iqtisodiyot” kafedralari samarali faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi kunda Elektr energetikasi fakultetida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish, Respublikamizning energetika tarmog‘i, elektronika va nanoelektronika hamda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O’zbekiston milliy universiteti huzuridagi “Yarimo’tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Ta’lim jarayonlarining yuqori sifat va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida olib borilishida ulkan xissa qo‘shayotgan professor o’qituvchilar: prof. v.v.b Sh. Begmatov, prof. O.Kuldashov, prof. A.Taslimov, prof. X.Sapayev, prof. N.Jabborov, prof. S.Xasanov, prof. R.Xusainov, dots. R.Shomurodov, dots. M.Kasimov, dots. A.Uteniyazova, dots. J.Hamdamov, dots. V.Tsipkina, dots. V.Ivanova va boshqa professor-o’qituvchilar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
O’quv jarayonlarida professor-o’qituvchilar va talabalarning ustoz-shogird tizimi samarali tashkil etilgan bo’lib, har bir o’quv yilida talabalar O’zbekiston Respublikasi nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida muvafaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Talabalar U.Axmedov, A.Isokov, S.Pirnazarova, Z.Abdullayeva, A.Prudnikova, D.Tuxvatulina Islom karimov nomidagi davlat stipendiyasi tanlovlarida g’olib bo’lib, magistratura bosqichiga imtiyozli qabul qilinib o’qish va ilmiy faoliyatlarini davom ettirishmoqda. 2026-yilning 18-martida “Materiallar qarshiligi” fani bo’yicha bo’lib o’tgan V ochiq xalqaro onlayn-olimpiadada qatnashgan 2-kurs 13.03.02 – Elektr energetikasi va elektr texnikasi yo’nalishi talabasi A.Abduhalilov III o’rinni egalladi.
Ta’lim jarayonlarida o’quv amaliyotlari talabalar mutaxassisliklariga mos bo’lgan Energetika vazirligi tashkilotlari, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, O’zbekiston milliy universiteti huzuridagi “Yarimo’tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy tadqiqot instituti va shu kabi korxona tashkilotlarda hamkorlik asosida olib boriladi.