O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-martdagi topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida hasharning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida keng ko‘lamli tadbir tashkil etildi. 🏛 Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 2026 yil 28 mart kuni “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi o‘tkazilib, unda Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. 📍Yashnabod tumanida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida: hududlar ko‘kalamzorlashtirildi yuzlab ko‘chatlar ekildi ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi Ushbu tashabbus nafaqat atrof-muhitni asrash, balki yoshlar qalbida tabiatga mehr, mas’uliyat va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🌳 Har bir ekilgan ko‘chat — kelajak uchun qo‘yilgan mustahkam poydevor!