«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot » kafedrasi
RASHIDOVA DILFUZA GANIYEVA
Lavozim : Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi mudiri
Telefon: 998901245287
Dushanba-Juma, 14:00-17:00
Email: dilfuzaganiyeva@mail.com
kafedira haqida
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi faoliyati:
Toshkent shahridagi “MEI” filiali «Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydilar.
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi filialda mehnat qilayotgan professor-o`qituvchi filial ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo`riqnomalari va o`rnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi.
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi filial ijrochi direktori topshirig`i va ko`rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo`riqnoma asosida ish olib boradi.
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi vazifalari:
Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo'yicha o'quv jarayonini amaldagi davlat ta'lim standartlari va o'quv rejalari asosida tashkil etish hamda sifatli ta'lim berishni ta'minlash.
Fanlar bo'yicha o'quv rejalari, sillabuslar, ishchi o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish, muntazam takomillashtirib borish.
Talabalarda yuksak ma'naviyat, fuqarolik mas'uliyati, vatanparvarlik, huquqiy madaniyat va iqtisodiy tafakkurni shakllantirish.
Professor-o'qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, ularning malakasini muntazam rivojlantirishga ko'maklashish.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ilmiy loyihalar, maqolalar, monografiyalar va o'quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash.
Ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Talabalarning mustaqil ta'limi, ilmiy izlanishlari va iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash.
Fan olimpiadalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish.
Ta'lim sifati monitoringini olib borish, o'quv jarayonining samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
Davlat va nodavlat tashkilotlari, oliy ta'lim muassasalari hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Kafedra faoliyatiga oid hujjatlarni yuritish, ichki me'yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta'minlash.
Ta'lim, fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish orqali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga hissa qo'shish.
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi professor-o'qituvchilar haqida malumot.
Kafedrada 7ta oqituvchi faoliyat olib boradi shulardan1ta dotsent , 1ta i.o dotsent , 4ta katta oqituvchi va 1ta assistant .
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasida 2ta yonalish mavjud «Iqtisod » va «Menedjment»
Kafedra o‘qituvchilari
Shomurodov Ravshan Tursunqulovich
Ilmiy darajasi: i.o dotsent
Email: r.shomurodov@mail.ru
Jabborov Hakimbek
Ilmiy darajasi: Akademik
Email: jonibek@mail.ru
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi yutuqlari.
Xususan, ular Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda “Renessans” matbuot markazi hamkorligida tashkil etilgan “Renessans bunyodkorlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etib, munosib taqdirlandilar.
Ushbu nufuzli tadbirdagi faollik va jonkuyarliklari e'tirof etilib, filialning navbatdan tashqari Kengash yigʻilishida
RASHIDOVA DILFUZA GANIYEVNA va AMANOVA NODIRABEGIM FURKATOVNA alohida taqdirlandilar.
2026-yil 26-yanvar kuni «Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi» nodavlat ta’lim muassasasi hamda Toshkent shahridagi «Moskva energetika instituti» Milliy tadqiqot universiteti filiali o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi 3 kurs talabasi «Iqtisod» yonalishida talim olayotgan Tuxvatulina D 2026 yil Prezident stipendiyasi bilan taqdirlandi . Ilmiy raxbar «Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi mudiri Rashidova D.G.
«Ijtimoiy gumanitar fanlar va iqtisodiyot» kafedrasi katta oqituvchisi Kosimov M 2026 yilda dotsent lavozimiga ega boldi.