Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’limda uzluksizlik tamoyilini keng joriy etish hamda yoshlarni muhandislik va energetika sohalariga qiziqtirish maqsadida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. ✨

Tadbir davomida maktab bitiruvchilari:
🟢 oliygohda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar;
🟢 energetika va muhandislik sohasidagi innovatsion yo‘nalishlar;
🟢 laboratoriyalar va amaliy ta’lim jarayonlari;
🟢 talabalar uchun imkoniyat va istiqbollar bilan yaqindan tanishdilar.


⚙️ Bugungi kunda energetika sohasi — yurt taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri. Shu bois yoshlarni texnik fikrlashga, muhandislik tafakkuriga va zamonaviy kasblarga yo‘naltirish — kelajakka qaratilgan muhim qadamdir.

🇺🇿 Ilmga qiziqqan, innovatsiyadan qo‘rqmaydigan va yurti ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy kuchi hisoblanadi!

21.05.2026